Samarqandda uch nafar fuqaroni AQSHga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: Arxiv surat
Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSHga noqonuniy ravishda joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari viloyat IIB vakillari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaroni 60 ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga oldi. U bu pulni «Oʻzbekiston-Rossiya-Turkiya-BAA-Buyuk Britaniya-Meksika-AQSH» yoʻnalishi boʻyicha AQSHga joʻnatishni vaʼda qilgan uch nafar fuqarodan olgan.
Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, erkak chiqib ketishdan oldin fuqarolardan PZR testi sertifikatini olishni, shuningdek, hisob raqamida 5 ming dollar boʻlgan VIZA kartasi boʻlishini talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari uning xorijiy davlatlardagi sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur choralarni koʻrmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring