Samarqandda tadbirkorning mablagʻini talon-toroj qilgan menejer aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” MCHJning Samarqand viloyati boʻyicha menejeri J.J. va boshqalar 2022-yilning avgust-oktyabr oylarida xorijda ishlab chiqarilgan elektron tamaki mahsulotlarini yuk xatlari bilan qabul qilib olib, ushbu mahsulotlar sotuvidan tushgan 173 mln soʻm naqd pullarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring