Samarqandda qip-yalangʻoch “sayr”ga chiqqanlar 15 sutkaga qamaldi
Foto: Самарқанд вилояти ИИБ ахборот хизмати
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar yap-yalangʻoch erkakning Samarqand shahri koʻchasida yurib borayotgani, soʻng omma tomonidan ushlab olinib, soʻroq qilingani aks etgan video tarqalgandi. Voqea 29-fevral kuni tungi soat 23:50 atrofida Samarqand shahri, Sartepo maskanida sodir boʻlgan.
Ushbu tartibbuzarlarning shaxsi aniqlanib, holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati maʼlum qilishicha, Samarqand shahar Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudining 2020-yil 2-mart kunidagi qaroriga asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun, fuqaro J.N.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro Oʻ.T.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro X.D.ga 10 sutkaga muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring