Samarqandda oʻquvchining onasi oʻqituvchiga tarsaki tushirdi
Videodan kadr
Samarqand viloyatidagi maktablardan birida oʻquvchining onasi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirdi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 17 mart kuni soat 10:47 larda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 93-maktabda sodir boʻlgan. Avvaliga ona oʻqituvchi bilan janjallashgan. Shundan soʻng u oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirgan.
“Ayni paytda holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan oʻrganilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring