Samarqandda ogʻufurushlik qilayotganlar qoʻlga olindi

09:51 12 May 2024 Jamiyat
883 0

Samarqand viloyatida DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanayotganlar qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urgut tumani “Chep” mahallasida yashovchi 27 yoshli A.D. va “Vatkan-Qoʻzibek” mahallasida yashovchi 42 yoshli Sh.X. jinoiy til biriktirib, giyohvand modda oldi-sotdisi bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlangan.

Viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.D., Z.F. hamda Sh.X. harakatlanib ketayotgan avtomashinada 248,33 gramm miqdorda geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari fuqaro A.D.ga tegishli boʻlib, uni Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi fuqaroga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Mazkur holat boʻyicha Sh.X. va A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер