Samarqandda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari qanday?

15:01 14 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1794 0

Samarqand viloyatida bugungi kunda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqish toʻqimachilik sanoati tarmogʻining 27,2 foizini tashkil etmoqda. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari soni viloyatda 24 tani tashkil etib, ushbu korxonalar Samarqand shahrida 12 ta, Urgut tumanida 6 ta, Payariq tumanida 3 ta, Samarqand tumanida 2 ta va Oqdaryo tumanida 1 tani tashkil etadi.

Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati 42 006 ming kvadrat metrni tashkil etib, amalda 37 913 ming kvadrat metrni gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sohada bugungi kunda 3661 nafar ishchi xodimlar mehnat qilmoqda.

2020-yilda yengil sanoat mahsulotlari eksporti rejasi 95 million dollarni tashkil etib, shundan 40,6 foizi yoki 38,7 million dollari gilam va gilam mahsulotlariga toʻgʻri keladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер