Samarqandda firibgarlar tadbirkorning 1,7 milliard soʻmlik kolbasa va pishloq mahsulotlarini sotib yubordi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha “T.G.” MCHJ Samarqand filiali haydovchi-ekspeditorlari F.S. va M.N. oʻzaro til biriktirib MCHJga tegishli kolbasa va pishloq mahsulotlarini naqd pul va plastik kartalari orqali sotib yuborgan.
Tekshiruv davomida qonunbuzarlar hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan jami 1,7 mlrd soʻm mablagʻni oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi Departament xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring