Samarqandda bir-biriga tutash boʻlgan bir nechta uyda yongʻin sodir boʻldi
Bugun, 22-iyun kuni soat 00:52da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bogʻibaland” MFY «Xoʻja Isoqi Valiy» koʻchasi 1-uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qoʻshni uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan.
Yongʻin soat 01:55da oʻrab olinib, soat 02:53da toʻliq oʻchirilgan. Yongʻindan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Yongʻin oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi koʻngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishni soʻrab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring