Samarqandda “Adliya ayoli” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Tanlovda 7 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.
Nafosat malikalarining dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishi test orqali sinovdan oʻtkazildi. Ishtirokchilar 30 ta test savoliga 30 daqiqa ichida javob berishlari talab etildi. Keyingi shartlarda qonunchilikka oid dolzarb takliflar himoya qilindi, sport musobaqalarida bellashishdi.
Yakuniy natijalariga koʻra, viloyat yuridik texnikumi xodimi Fotima Berdiqulova birinchi oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, ikkinchi oʻrin Samarqand shahar 1-FHDY boʻlimi 1-toifali inspektori Sarvinoz Haydarovaga, uchinchi oʻrin esa Payariq tuman 1-FHDY boʻlimi 1-toifali inspektoriga nasib etdi.
Ishtirokchilarga boshqarmaning tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring