Samarqandda 81,4 million soʻmlik sifat hujjatlarisiz alkogol mahsulotlari fosh etildi

12:35 25 Mart 2025 Jamiyat
219 0

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Narpay tumani boʻlimi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan alkogol mahsulotlarining savdosi aniqlandi.

Tadbir jarayonida “Mirbozor bozori” MCHJ hududida joylashgan “M.A.” xususiy korxonasiga tegishli savdo doʻkonida sotuvchi Ya.Sh. turli nomdagi alkogol mahsulotlarini kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotuvga qoʻygani maʼlum boʻldi. Ushbu mahsulotlarning umumiy soni 2 054 dona boʻlib, bahosi 81,4 million soʻmni tashkil etgan.

Aniqlangan noqonuniy mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan va mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) hamda 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda ushbu ish yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddi organlar noqonuniy tovar aylanmasining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettiryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер