Samarqandda 698 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 53 ming 271 bosh qoramol parvarishlanmoqda

16:37 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
2236 0

«Oʻzagroinspeksiyaning» Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, viloyatda bugungi kunda chorvachilik yoʻnalishida 1560 ta, parrandachilik yoʻnalishida 72 ta hamda baliqchilik yoʻnalishida 458 ta subyektlar faoliyat yuritmoqda. Qoramolchilikka ixtisoslashgan 698 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 53 ming 271 bosh qoramol parvarishlanyapti. Naslchilikni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturga koʻra, 2020-yili 111 ta naslchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 1500 bosh naslli qoramollar keltirilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar ularning 1377 tasi keltirildi.

Chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, kundalik hayotimizdada aholi talab va ehtiyoji yuqori hisoblangan goʻsht mahsulotini barqaror narxlarda yetkazib berish soha xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Koʻpni koʻrgan, tajribali chorvadorlarning eʼtirof etishicha, goʻsht va goʻsht mahsulotlari narxini arzonlashtirishning muhim omillaridan biri, uning nasliga bogʻliq. Shu maqsadda viloyatda chet davlatlardan naslli qoramol, qoʻy-echkilarni keltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-sonli qarori asosida klaster korxonalari va naslchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga chetdan keltirilgan naslli qoramol, qoʻy va echkilar uchun imtiyoz berilishi qoramollar naslini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Narpay tumanidagi «Raximjon Rajabov chorvasi» fermer xoʻjaligi “Xalq banki” ATB Narpay filiali tomonidan ajratilgan kredit mablagʻi hisobiga Estoniyadan umumiy qiymati 830 million soʻmlik 60 bosh naslli gʻunajin, Samarqand tumanidagi «N.K.Mramor» fermer xoʻjaligi tomonidan esa Estoniya davlatidan “Qizil Eston” zotli 54 bosh naslli qoramol keltirildi.

Maʼlumot oʻrnida, Narpay tumanida mavjud 41 ta chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining 2 tasi naslchilikka ixtisoslashgan. Ayni kunlarda bu yerda 480 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda. Birgina 2019-yili xorijdan 359 bosh naslli qoramol keltirilgan. 2020-yili chorvachilik yoʻnalishida 11 milliard 300 million soʻmlik 13 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqand tumanida esa chorvachilik yoʻnalishidagi 38 ta fermer xoʻjaliklarining 14 tasi naslchilikka ixtisoslashgan. Joriy yilning 9 oyi davomida tirik vaznda 4 ming 376 tonna goʻsht, 3 ming 449 tonna sut mahsulotlari isteʼmolchilarga yetkazib berildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер