Samarqandda 25 nafar maktab kutubxonachisining qariyb 55 million soʻmlik ish haqi toʻlab berilmaganligi aniqlandi
Foto: Illustrativ foto
Kattaqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman Xalq taʼlimi boʻlimida oʻtkazilgan monitoringlar natijasida hududdagi bir emas, oʻn emas, 20 nafardan ortiq maktablardagi kutubxonachilarga berilishi kerak boʻlgan qoʻshimcha ragʻbatlantirish pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Xususan, tumandagi 31-maktab kutubxonachisi N.Bozorova 2 182 957 soʻm, 92-maktab kutubxonachisi M.Yalgʻashova 1 029 697 soʻm, 44-maktab kutubxonachisi X.Sharipov 2 059 394 soʻm, xuddi shuningdek, 4, 41, 73, 104, 28, 8, 27, 24, 51, 5- singari maktab kutubxonachilariga ana shunday miqdordagi ish haqlariga qoʻshimcha tarzda berilishi lozim boʻlgan jami 25 nafar kutubxonachiga 54 million 580 ming 431 soʻm toʻlanmagan.
Adliya boʻlimi xodimlarning manfaatlarini koʻzlab Fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 171, 178- moddalarini qoʻllab, adliya boʻlimining arizasini qanoatlantirdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni bilan umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022-yil 1-sentyabrdan oshirilishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring