Samarqandda 2 ta yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir boʻldi
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand viloyati Urgut tumanida MAZ va MAN rusumli yuk avtomobillari ishtirokida dahshatli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-avgust kuni soat 10:20 lar atrofida Urgut tumani “Mergancha” mahallasi yoʻlida sodir boʻlgan. Unda MAZ rusumli yuk avtomobili haydovchisi ichki yoʻldan harakatlanayotib, oʻzidan oldinda ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasining orqasidan borib urgan.
Toʻqnashuv oqibatida ikkala yuk mashinasi ham agʻdarilib ketgan. YHXB xabarida keltirilishicha, YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring