Samarqandda 1,8 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda Pastdargʻom tumanida faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xoʻjaligi rahbari Э.Т. “Xoncharbogʻ” mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd. soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring