Samarqandda 12 yoshli velosipedchini mashina urib ketdi
Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB
Samarqand shahrida voyaga yetmagan velosipedchini mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23-sentyabr kuni soat 19:10 lar atrofida Afrosiyob koʻchasida sodir boʻlgan. “Tracker-2” haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan velosipedchini (2012-y.t.) urib yuborgan.
Hodisa oqibatda velosipedchi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring