Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
Videodan kadr
Samarqand viloyatida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, joriy yilning 18-iyun kuni Samarqand shahar “Galaosiyo” mahallasida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda viloyatning Urgut tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro 35 yoshli tanishi bilan birga 1 kg giyohvandlik moddasini shartli xaridorga 10 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ikkala fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring