Samarqand viloyatida “valyutchik”lar ushlandi

17:52 18 Oktyabr 2024 Jamiyat
264 0

Foto: Prokuratura departamenti

Samarqand viloyatining ikki tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.U. va D.T. fuqaro Q.Y.ga jami 3,2 ming AQSh dollarini 41,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 4 637 AQSh dollari va 2 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Mustaqillik MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.R. fuqaro M.M.dan jami 3,3 ming AQSh dollarini 41,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер