Samarqand viloyatida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbari qoʻlga tushdi

14:37 26 Yanvar 2024 Jamiyat
413 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MCHJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер