Samarqand viloyatida 37,7 ming gektar mevali bogʻlar bor
Shundan, 13 ming gektarini zamonaviy intensiv bogʻlar tashkil etib, yiliga oʻrtacha 350 ming tonna meva mahsulotlari yetishtiriladi.
2018-2019-yillar davomida 4,7 ming gektar intensiv bogʻ maydonlari tashkil etildi.
Joriy yilgi dasturlar doirasida 96 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 4350 gektar maydonda intensiv bogʻ tashkil etilishi va natijada intensiv bogʻ maydonlarini 17 ming gektardan oshirish belgilangan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring