“Samarqand siri: moviy rang va qogʻoz”
Yaponiyaning eng yirik nashrlaridan biri boʻlmish “Nikkei Shimbun” gazetasi “Samarqand siri: moviy rang va qogʻoz” mavzusida maqola chop etildi.
Unda Samarqand shahrining boy tarixi va madaniyati haqida maʼlumot taqdim qilingan. Jumladan, “Registon maydoni”da barpo etilgan tarixiy obidalarda foydalanilgan tosh naqshlar, ularni yasash va rang berish sanʼati haqida bayon qilingan.
Shu bilan birga, milliy boyliklar qatoriga kiritilgan “Samarqand qogʻozi” tarixi va hozirgi kunda ushbu yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilgan.
Shu oʻrinda qayd etish joiz, 1876-yilda tashkil etilgan “Nikkei shimbun” gazetasi Yaponiya va dunyoning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotidagi yangiliklar, tahliliy maʼlumotlarni chop etishga ixtisoslashgan nashr hisoblanadi. Kunlik adadi qariyb 4,7 million nusxa.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring