Samarqand shahridagi bir MCHJ Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan ayblanmoqda
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahridagi savdo doʻkonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotilayotganini aniqlagan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ noqonuniy tovarlar aylanmasi bilan shugʻullanayotgani maʼlum boʻldi.
Qayd etilishicha, “S.A.” MCHJ savdo doʻkonida umumiy bahosi 137,2 million soʻmlik 46 turdagi jami 6 ming 111 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring