Samarqand shahrida harakatlanish cheklandi

08:33 14 Sentyabr 2022 Jamiyat
564 0

Foto: Xalq so‘zi

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqandda boʻlib oʻtishi munosabati bilan, 14-sentyabrdan 17-sentyabr kuniga qadar Samarqand shahriga kirish va shaharning ayrim koʻchalaridagi harakat vaqti-vaqti bilan cheklandi.

Belgilangan kunlar davomida IIV, Milliy gvardiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari talabiga rioya etish maqsadga muvofiq.

Maʼlumot uchun, Ichki ishlar vazirligining YHXB va Samarqand viloyat IIB bir necha kundan buyon 2022-yilning 14-17-sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish va harakat cheklanishini aytib keladi.

Eslatib oʻtamiz, tranzit oʻtuvchi yengil transport vositalarini Samarqand shahrini aylanib oʻtishi boʻyicha avtomobil yoʻllarining chizmasi taqdim etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер