Samarqand xalqaro aeroportida “Air Samarkand” aviakompaniyasining ilk samolyoti kutib olindi

14:13 03 Noyabr 2023 Jamiyat
279 0

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 17:30da yangi “Air Samarkand” mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klassda oʻrindiqlarga ega Airbus A330-300 samolyoti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

“Air Samarkand” oʻz aviaparkini kengaytirishni davom ettiradi. Xususan, yaqin kunlarda samolyotlar parki ikkinchi — oʻrta masofali Airbus A321 bilan toʻldiriladi. Umuman olganda, 2023-yil oxiriga qadar kompaniya 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

Kuz-qish mavsumida aviatashuvchi Samarqanddan qator xorijiy yoʻnalishlarga, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Turkiya va Xitoy shaharlariga muntazam va charter reyslarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

“Air Samarkand” 2022-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Samarqand shahrida joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер