Samarqand davlat universiteti Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Xabaringiz bor, Samarqandda Ikkinchi Oʻzbekiston — Turkiya taʼlim forumi oʻtkazildi. Mazkur xalqaro anjumanda Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar, Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektori Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimda Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov maʼruza qildi.
Forum doirasida Rustam Xolmurodov Gazi universiteti rektori Musa Yildiz, Anqara Hoji Bayram Veli universiteti rektori Mehmet Nasi Bostansi, Marmara universiteti rektori Mustafa Kurt, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Huseyin Dalgar, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunsular bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring