Samarqand davlat tibbiyot instituti universitet maqomini oladi
Foto: Arxiv surat
Prezident “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.
Unga koʻra, Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.
Universitet tarkibida:
— viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
— institutning 1- va 2-klinikalari negizida universitet koʻp tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi;
— Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiali va uning klinikasi negizida universitet huzuridagi xuddi shunday ilmiy-tadqiqot institut va klinikasi;
— Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;
— Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring