Samarada majburiy ishlatilgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

14:58 24 Iyul 2021 Jamiyat
471 0

Qoraqalpogʻistonlik G.J. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli 2021-yil aprel oyida tanishlari orqali Rossiyaning Samara shahriga ishlash maqsadida ketgan.

Fuqaroning pasporti olib qoʻyilib, qurilish sohasida majburiy ishlatilayotganligi toʻgʻrisida yaqin qarindoshlari tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatga asosan, tezkorlikda fuqaroning pasporti ish beruvchidan olib berildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaqtincha xostelga joylashtirildi va joriy yilning 24-iyul kuni Samara-Moskva-Urganch yoʻnalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер