Salkam 138 mln. soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi
“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona post xodimlari tomonidan salkam 138 mln. soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan qiymati 137 800 000 soʻmlik 3 445 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring