“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qoʻmitasiga biriktiriladi

09:43 31 Avgust 2022 Jamiyat
1158 0

Foto: Arxiv surat

Prezident qarori bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qoʻmitasiga biriktiriladi.

Davlat bojxona qoʻmitasi:

— tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;

— tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish va boshqalarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga doimiy ravishda koʻmaklashadi;

Shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻmitaning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirish huquqi berildi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:

— 2023-2024-yillarda DBQ bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalarini oʻrnatilishini taʼminlaydi;

— 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi, SSV hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oʻqitish tartibini joriy etadi;

— 2023-yil 1-iyunga qadar SSV bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan oʻtishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер