Sayyoramizning har elliginchi aholisi koronavirus bilan kasallanib boʻldi
Sayyoramizning har elliginchi aholisi koronavirus bilan kasallanib boʻlgan. Dunyoning ayrim OAVlari tomonidan olib borilayotgan hisob-kitoblar shundan dalolat bermoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 155,9 milliondan oshdi.
2020-yil oʻrtalarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, sayyoramizda yetti milliard 795 million kishi istiqomat qiladi. Shunday ekan, infeksiyani yuqtirganlar ulushi dunyo aholisining ikki foizidan koʻprogʻini tashkil qilmoqda.
Avvalroq AQSHda “COVID-19”dan oʻlim haqidagi rasmiy maʼlumotlarni shubha ostiga olindi. Amerika sogʻliqni saqlash oʻlchovlari va baholash instituti pandemiya boshlanganidan beri dunyo boʻylab 6,9 millionga yaqin odam koronavirus infeksiyasidan vafot etganini aytdi. Rasmiy maʼlumotlarda qurbonlar soni 3,2 million kishini tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring