Sayyoramizdagi ilk trillioner kim boʻlishi bashorat qilindi

22:25 15 May 2020 Dunyo
1273 0

Foto: РИА Новости

AQSHlik ishbilarmon, “Amazon” egasi Jeff Bezos Yer yuzidagi ilk bir trillion dollar boylikka ega inson boʻlishi mumkin. Bu haqda “Forbes” yozmoqda.

“Comparisun” xizmati ekspertlarining taxminiga koʻra, Bezosning boyligi 2026-yilda bir trillionga yetadi. Undan keyingi pogʻonani xitoylik developer Syuy Szyain egallashi mumkin.

Hozirda Bezosning boyligi 143 milliard dollarga baholanmoqda, koronavirus pandemiyasi sabab Amazon aksiyalari keskin qimmatlagan. Bezos pandemiya sharoitida 24 mlrd dollar ishlagan.

Oʻz navbatida top-3 da turuvchi boshqa biznesmenlar kambagʻallashgan: Bill Geyts 8,4 milliard, “Louis Vuitton Moët Hennessy” kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arno 28 milliard dollar yoʻqotgan.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Jeff Bezos jahonning eng boy insoni boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер