Sayyoramizdagi havosi eng toza maskan aniqlandi

17:09 03 Iyun 2020 Dunyo
1553 0

foto by: Google

Kolorado universiteti (AQSH) olimlari inson faoliyati taʼsiriga tushmagan atmosferasi eng toza hududni aniqlashdi.

“Ushbu mintaqa Antarktidani oʻrab turgan Janubiy okean ustida joylashgan”, deb xabar beradi Proceedings of the National Academy of Sciences.

Havosi dunyodagi eng toza deb taʼkidlanayotgan ushbu hududda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, mintaqa inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan aerozol zarralar (yoqilgʻini yoqish, qishloq xoʻjaligi, oʻgʻit ishlab chiqarish, oqava suvlarni tozalash)dan butunlay xolidir.

Tasmaniyadan Antarktida muzliklarining oxirigacha boʻlgan maskanlarda oʻtkazilgan ekspeditsiya jarayonida olimlar atmosferaning okean bilan bevosita aloqada boʻlgan chegara qatlamlaridan namunalar olishdi. Soʻng atmosferada joylashgan va minglab kilometrga shamollar yordamida tarqaladigan mikroblarning, xususan, DNK ketma-ketligi.

boʻyicha tarkibini tahlil qilishdi.

Natijada inson faoliyati bilan bogʻliq zararli moddalarni qidirgan mutaxassislar sanoat va qishloq xoʻjaligidagi chiqindilar uzoq yer massalaridan Janubiy qutbgacha yetib kelolmasligi, barcha aniqlangan mikroblar esa okeanning oʻzida paydo boʻlganligini qayd etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер