Sayyohlar Ulan-Batordan Londonga tuyalarda borishmoqchi
Mo‘g‘ilistonlik yetti nafar sayyoh Ulan-Batordan Londongacha tuyada borishni rejalashtirayapti. Sarguzashtlar o‘tadigan yo‘lning umumiy uzunligi 12 ming kilometrga tengdir, deb xabar berdi “Zvezda” telekanali.
Yo‘nalishning asosiy qismi 15 mamlakat hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li makonlarini qamrab oladi. Guruh tajribali sayyohlardan tashkil topgan bo‘lib, ular Yer yuzasini aylanib chiqqan.
Taxminlarga ko‘ra, karvon 2020 yilda Londonga yetib boradi. Sayyohlar bu orqali mo‘g‘il madaniyati va tarixiga omma e’tiborini tortishni rejalashtirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring