Saylovoldi dasturida shaharlar bosh rejasini tuzishda yashil maydonlar hajmini 30 foizdan oshirish taklifi berilmoqda
Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzayevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Xayrillo Gapparov Uchtepa tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalar toʻgʻrisida saylovchilarga atroflicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, havoga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 2 barobarga kamaytirish, ifloslantiruvchi moddalarni meʼyordan ortiq chiqarganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini 5-10 barobargacha oshirish hamda shaharlar bosh rejasini tuzishda yashil maydonlar hajmini 30 foizdan kam boʻlmasligini qonunchilikda belgilash kabi takliflar ilgari surilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring