Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga eʼtibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yigʻilish oʻtkazish bilan cheklangani tanqid qilindi.
Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambagʻallik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard soʻm, xarajati 67 milliard soʻm.
Bir soʻz bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik oʻsmayapti, Yangi Oʻzbekiston nafasi sezilmayapti, — dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, oʻrniga zamonaviy rahbarlar qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring