Sayillarda quvonch va zavq hukmron
Illyustrativ foto
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Orolboʻyining shaharu qishloqlarida ayyomga bagʻishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar davom etmoqda. Shumanay, Qoraoʻzak, Kegeyli, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Chimboy, Qoʻngʻirot tumanlarining diqqatga sazovor joylaridan tortib, eng chekka hududlargacha sayil ishtirokchilari bilan gavjum.
— Mahallamizda 5 ming 600 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, — deydi “Navbahor” MFY oqsoqoli A. Yerimbetov. — Navroʻz sabab yoshu keksa tadbirlarda faol qatnashyapti. Bu navqiron avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bayram munosabati bilan kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi, nuroniy otaxonu onaxonlarga sovgʻa-salomlar ulashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring