Saida Mirziyoyeva: “Maktab internat oʻquvchilari nihoyatda iqtidorli, sanʼat va adabiyotga oshufta ekaniga ishonch hosil qildik.“

12:22 24 Dekabr 2019 Jamiyat
2769 0

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida, Yangi yil bayrami arafasida “Sovgʻalar karvoni” xayriya aksiyasi boshlandi.

12 ta mashinadan iborat karvon yurtimizning barcha 12 ta hududidagi koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar maktab-internatlariga sovgʻalarni yetkazmoqda.

Buning natijasida har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida chop etilgan koʻplab bosma hamda audio kitoblarga ega boʻladi.

Kecha ana shunday xayrli aksiya Fargʻona viloyatiga ham yetib bordi.

“Bugun kechki ovqatni Fargʻonadagi 45-sonli maxsus maktab internati oʻquvchilari bilan birga qildik, — dedi AOKA direktori oʻrinbosari, loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva. — “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida aynan Fargʻonaga kelishimizning sababi — Agentligimizga fargʻonalik koʻplab bolalar murojaat qilgan va biz bilan uchrashish istagini bildirgan edi.

Maktab internat oʻquvchilari nihoyatda iqtidorli, sanʼat va adabiyotga oshufta ekaniga ishonch hosil qildik.

Uchrashuv iliq taassurotlarga boy boʻldi. Sheʼrlar aytildi, qoʻshiqlar kuylandi. Orzular haqida, kelgusi rejalar haqida suhbatlashdik.

Loyihamiz doirasida bunday uchrashuvlarni yana davom ettiramiz”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер