Rustam Assakalov bronza uchun kurashda qoladi. Bu uchun armanistonlik Olimpiada chempioni finalga chiqishi kerak
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Assakalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Yunon-rum kurashida -97 kg vazn toifasida qatnashayotgan Rustam Assakalov 1/4 finalda Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlarining 4 karra gʻolibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashdi.
Qiyin kechgan bahsda hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi. Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring