Rubio Trampning dunyoning eng nufuzli yetakchilaridan biri bilan uchrashuvi haqida maʼlum qildi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning uchrashuv oʻtkazishi ehtimoli yuqori, biroq ehtimoliy muzokaralarning aniq sanalari va joyi muvofiqlashtirish bosqichida. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio maʼlum qildi.
“Ikkala tomon ham bunga juda ishtiyoqmand. Menimcha, bunday uchrashuvni oʻtkazish imkoniyati juda yuqori. Biz, albatta, har ikki davlatga mos keladigan sana va vaqtni topamiz”, — deydi diplomat.
Rubioning aniqlik kiritishicha, davlat rahbarlari oʻrtasidagi ehtimoliy muzokaralar uning Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvidan soʻng boʻlib oʻtishi mumkin. Bu Tramp va Si Szinpin oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan sammitga muqaddima sifatida qaralmoqda.
Avvalroq Marko Rubio va Van I Kuala-Lumpurdagi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti doirasida muzokara oʻtkazgan edi. AQSH diplomati uchrashuvni “juda konstruktiv va ijobiy” deb baholadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring