Rubio AQSHning NATOdagi ishtiroki maqsadga muvofiqligini qayta koʻrib chiqishi mumkinligini maʼlum qildi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio NATO bilan munosabatlar qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda “Kommersantʼ”.
Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Rubio Eronga qarshi operatsiya davomida harbiy alyans tomonidan qoʻllab-quvvatlov boʻlmaganini “juda katta hafsala pir boʻlishi” deb atadi.
AQSH Davlat kotibi Ispaniyani alohida tilga olib oʻtdi. Unga koʻra, rasmiy Madrid nafaqat Vashingtonga oʻz havo hududi va harbiy bazalaridan foydalanishni rad etgan, balki “bu bilan maqtanmoqda”.
Rubioga koʻra, agar NATO faqat Yevropani hujumdan himoya qilish uchun xizmat qilsa-yu, lekin ular AQSHga yordam berishdan bosh tortsa, “bu unchalik yaxshi kelishuv emas”.
U alyans barcha ishtirokchilar uchun oʻzaro manfaatli boʻlishi kerakligini taʼkidladi va “Eron bilan urushdan keyin bu holatni tuzatishga toʻgʻri kelishini” qayd etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring