Rossiyaning yirik maishiy texnika doʻkonlaridan biri xakerlar hujumiga uchradi
Foto: Arxiv surat
Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikalarida oʻz faoliyatini olib borayotgan «DNS (dns-shop .ru)” maishiy texnika doʻkonlarining 16.5 milliondan ortiq maʼlumotlari xakerlar tomonidan qoʻlga kiritilgan.
Kiberjinoyatchilar 150 444 nafar (149 408 nafari Rossiya Federatsiyasi,1036 nafari Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari) ishchi va xizmatchilar maʼlumotlarini ochiq internet tarmoqlarida eʼlon qilganlar.
Oshkor etilgan maʼlumotlarda ishchilarning ism-sharifi, ish va shaxsiy telefon raqamlari, elektron pochta va uy manzillari shuningdek, ish joylari koʻrsatib oʻtilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring