Rossiyalik estrada yulduzi MakSim Oʻzbekistonga safari haqida nimalar dedi?
“Xalqlar doʻstligi” saroyida “Bitiruvchi — 2019” konsert dasturi tashkil etildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mening yurtim” telekanali hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda xalqimiz ardogʻidagi xonandalar bilan bir sahnada rossiyalik estrada yulduzi MakSim ham saroyga yigʻilgan muxlislarga xush kayfiyat ulashdi.
— Bunaqa goʻzal uchrashuvni kutmagandim, — deydi MakSim. — Olqishu eʼtibordan boshim koʻkka yetdi. Serquyosh Oʻzbekistonning yoshlari ham qalbi qaynoq, joʻshqin, samimiy ekan. Bu yerda olgan taassurotlarim butun umr tark etmasligiga ishonaman.
Shou-dastur “Mening yurtim” telekanali orqali tez kunlarda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring