Rossiyaga migrantlarni jalb qilish masalasi qayta koʻrib chiqilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hukumatga joriy yilning 1-martigacha mehnat migrantlarini qurilish obyektlariga jalb qilishni soddalashtirish masalasini koʻrib chiqishni buyurdi.
Prezident topshirigʻiga asosan, hukumat Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlmagan ishchilarni, shu jumladan, MDHning ayrim mamlakatlari ishchilarini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatda joriy etilgan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda qurilish-montaj ishlariga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini belgilash masalasini koʻrib chiqishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring