Rossiyadagi YTHda 3 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan

09:52 11 Noyabr 2024 Jamiyat
337 0

Foto: Penza viloyati davlat transport inspeksiyasi

Rossiyaning Penza viloyatida Oʻzbekiston fuqarolari ketayotgan mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YTH kecha, 10-noyabr kuni tongda M-5 federal trassasining 738-kilometrida roʻy bergan. Hodisa oqibatida 3 kishi voqea joyida halok boʻlgan. Shundan 1 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, 2 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda.

Penza viloyati Davlat avtomobil nazorati xizmati maʼlumotiga koʻra, hodisada 1970-yilda tugʻilgan erkak boshqaruvidagi “KamAZ” va 1996-yilda tugʻilgan erkak boshqaruvidagi “Cobalt” toʻqnashgan.

Oqibatda “Cobalt” haydovchisi va uning ikki nafar yoʻlovchisi — 1980 va 1965-yilda tugʻilgan erkaklar voqea joyida vafot etgan, ushbu transport vositasining yana ikki nafar yoʻlovchisi — 1995-yilda tugʻilgan ayol va erkak (uning shaxsi aniqlanmoqda) tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Taʼkidlanishicha, halok boʻlganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilishini Bosh konsulxona oʻz nazoratiga olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер