Rossiyada YouTube bloklandi
Bugun, 23-dekabr kuni Rossiyada YouTubeʻga kirish imkoniyati 20 foizgacha pasaydi. Koʻplab foydalanuvchilar hamda ekspertlar tarmoqning bunday sekinlashuvini “bloklanish” deb hisoblashmoqda. Bu haqda “Ixbt” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, videoxosting trafigining hajmi normal holatning 20 foizigacha tushib ketgan. Aholining 4/5 qismi saytdan foydalana olmayapti. “Google” monitoring xizmati Rossiya Federatsiyasidan kelgan trafik uchun 8,5 ballni koʻrsatgan.
Taʼkidlanishicha, YouTube Rossiyada bir necha oydan beri majburiy ravishda sekinlashtirilmoqda. Bu jarayon dekabr oyining oʻrtalaridan aniq sezila boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring