Rossiyada oʻrtacha ish haqining oʻsishi kutilmoqda
Rossiyada oʻrtacha ish haqi 2023-yilgacha oʻn ming rublga oʻsishi rejalashtirilmoqda. Bu ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi byudjetining asosiy tavsiflari loyihasidan kelib chiqadi.
Hisob-kitobda bir qator koʻrsatkichlar, shu jumladan, bir xodimga nominal oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olingan. Bu koʻrsatkich 2019-yilda 47867 rublni, 2020-yilda 47531 rublni tashkil etmoqda, 2021-yilda 51066 rubl, 2022-yilda 54131 rubl, 2023-yilda 57675 rubl boʻlishi kutilmoqda.
Hujjat loyihasi Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Rossiya ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish boʻyicha uch tomonlama komissiyasiga taqdim etilgan.
Bugungi kunda mamlakatdagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 49,306 ming rublni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring