Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yoʻlga qoʻyildi

15:06 06 Fevral 2022 Dunyo
1064 0

Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Moskva viloyati hududiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yagona davlat xizmatlari portali mehnat migrantlari orasidan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Endi Rossiya portalida “Mehnat muhojirlari haqida xabarlar” alohida boʻlimi mavjud.

Shunday qilib, ish beruvchilar migrantlarni qabul qilish va ishdan boʻshatish, shuningdek, “yuqori malakali mutaxassis” maqomiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolarga ish haqi toʻlash toʻgʻrisida elektron xabarnomalar yuborishlari mumkin.

Alohida xizmat xorijiy ishchi kuchini jalb qilish toʻgʻrisida bildirishnomalarni oʻz vaqtida topshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер