Rossiyada migrantlar uchun tibbiy sugʻurta talablari qatʼiylashtirilishi mumkin
Foto: Illustrativ foto
Rossiya Dumasi Qonunchilik qoʻmitasi raisi Yaroslav Nilov xorijiy fuqarolar uchun tibbiy sugʻurta boʻyicha talablarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlariga tibbiy sir hisoblanadigan maʼlumotlarni taqdim etish asoslari kengaytiriladi.
Jumladan, agar xorijiy fuqaroga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgan va unda majburiy yoki ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi mavjud boʻlmasa, bu maʼlumot ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Maʼlumotlar migrantning Rossiya hududida qonuniy yoki noqonuniy boʻlishiga oydinlik kiritish uchun foydalaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring