Rossiyada koronavirusni davolash uchun dori yaratilgani eʼlon qilindi
Rossiyada koronavirus infeksiyasiga davo boʻladigan dori yaratilgani eʼlon qilindi. Bu haqda RF sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakatdagi infeksiya bilan bogʻliq vaziyatga bagʻishlangan yigʻilishda aytib oʻtdi, deb yozadi RBK.
“Rossiya kompaniyasi tomonidan dori preparati yaratildi va u qator mamlakatlardagi hamkasblarimiz tomonidan testdan oʻtkazildi hamda bu toʻliq Rossiya analogidir”, — dedi u.
Vazirning soʻzlariga koʻra, dorining birinchi partiyasi sinov uchun tayyorlab qoʻyildi. Murashko mutaxassislar 10-12 kun mobaynida klinika oldi tadqiqotlar natijalarini baholab borishadi.
U vazirlik mamlakatda bir nechta dori vositalari taqchilligi sezilayotganini taʼkidlar ekan, mamlakatda 17 ta preparat boʻyicha cheklovlar qoʻyilganini ham maʼlum qildi. Ushbu mahsulotlardan hozirgacha qolganlari nazoratga olinadi.
Murashko garchi davlat tashqaridan dori vositalari olib kelishni taqiqlagan boʻlsa-da, Hindiston kompaniyasi bilan bunday mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishilganini qo'shimcha qilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, ayni paytda koronavirusga birdek taʼsir qiladigan samarali dori vositasi yaratilmagan. Ayni paytda bemorlarni davolash uchun bir nechta preparatlar kombinatsiyasidan foydalanilyapti.
Yaponiyalik olimlarning maʼlumotlariga koʻra, “Nelfinavir” antiretrovirus preparati koronavirus koʻpayishini bloklashi mumkin. U boshqa dori vositalari bilan birgalikda immunitet tanqisligi virusi(OIV)ga qarshi qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring