Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi

12:39 12 Iyul 2020 Dunyo
2702 0

Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Sechenov universiteti koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlarini koʻngillilarda muvaffaqiyat bilan yakunladi”, — dedi Sechenov universitetining translyatsion tibbiyot va biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov.

Aniqlik kiritilishicha, koʻngillilarning birinchi guruhiga chorshanba, 15-iyul, ikkinchi guruhiga 20-iyul kuni javob beriladi. Biroq ular tibbiy kuzatuv ostida boʻlishda davom etadilar, chunki shifokorlar ularning immunitetiga baho berishlari kerak, deb yozadi Sputnik.

Avvalroq Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning yakuniy sinov bosqichi boshlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер