Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 6 mingga yaqinlashdi
Rossiyada soʻnggi sutkada koronavirusga chalinish boʻyicha 8985 ta holat qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 476 658 kishiga yetdi.
Unga koʻra, soʻnggi sutkada koronavirus bemorlarining 112 nafari vafot etgan boʻlib, kasallik qurbonlari soni 5971 kishini tashkil qilmoqda.
Shuningdek, sutka davomida 3957 kishi tuzalib, mamlakatda sogʻayganlar soni 230 688 nafarga yetgan.
Qayd etilishicha, Rossiyada koronavirusni aniqlash uchun soʻnggi sutkada 294,4 mingta, umumiy hisobda esa 13 milliondan ortiq test oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring